Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Chexiyada kimyo zavodidagi portlash oqibatida olti kishi halok bo‘ldi (video)

Chexiyada kimyo zavodidagi portlash oqibatida olti kishi halok bo‘ldi (video)

Foto: «Novosty.top

Chexiyada «Unipetrol» kompaniyasining kimyo zavodida portlash oqibatida olti kishi halok bo‘ldi. Bu haqda «Aif.ru» nashri xabar qilmoqda.

«Biz portlash tufayli olti kishi halok bo‘lgani va bir necha kishi jarohatlangani haqida ma’lumot oldik. Hozirgina “tez yordam” vertolyoti yetib keldi», — deya ma’lumot bergan yong‘in xavfsizligi xizmati vakili Vladimir Kerekov.

Mazkur hodisa 22-mart kuni Pragadan shimolda joylashgan Kralupi-nad-Vltavou shahrida sodir bo‘lgan. «Unipetrol» vakilining ma’lum qilishicha, vaziyat nazoratga olingan. Portlash sabablari o‘rganilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring