Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Indoneziyadagi zilzila qurbonlari 387 kishiga yetdi

Indoneziyadagi zilzila qurbonlari 387 kishiga yetdi

Foto: «AA.com»

Indoneziyada o‘tgan hafta sodir bo‘lgan kuchli zilzilalarda qurbon bo‘lganlar soni 387 kishiga yetdi. Bu haqda Indoneziyaning Tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha milliy idorasi (BNPB) ma’lumotlariga tayanib, «RIA Novosti» axborot agentligi xabar berdi.

Avvalroq qurbonlar soni 321 kishiga yetgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Idoraning ma’lumotlariga ko‘ra, qurbonlar soni yana oshishi mumkin. Negaki, yana boshqa odamlarning jasadlari vayrona binolar ostida qolib ketgan bo‘lishi mumkin. Har ikkala tabiiy ofatda halok bo‘lganlar soni hali hukumatga to‘lig‘icha aytilmagan.

«BNPB»ning xabar berishicha, 13 mingdan ortiq kishi zilziladan jabr ko‘rgan, 387 ming kishi uylarini tark etishga majbur bo‘lgan.

O‘tgan hafta Indoneziya shimolidagi Lombok orolida 7 balli, undan so‘ng 5,4 va 4,3 balli zilzilalar kuzatilgan edi. Payshanba, 9 avgust kuni aynan o‘sha orolda yana 6,2 balli zilzila ro‘y bergan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring