Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Davlat bojxona qo‘mitasi rahbariyatida o‘zgarish bo‘ldi

Davlat bojxona qo‘mitasi rahbariyatida o‘zgarish bo‘ldi

Kecha, 21-fevral kuni 2015-yildan buyon Davlat bojxona qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgan Baxtiyor Raimov lavozimidan ozod etildi.

Bu haqda DBQ axborot xizmati xabar berdi. Baxtiyor Raimovning qaysi ishga o‘tgani va o‘rniga kim tayinlanishi haqida hozircha ma’lumotlar yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, Davlat bojxona qo‘mitasiga Bosh prokurorning sobiq birinchi o‘rinbosari Murodjon Azimov rahbar etib tayinlangan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring