Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Dehqonobod tumani Surxondaryo tasarrufiga o‘tdimi?

Dehqonobod tumani Surxondaryo tasarrufiga o‘tdimi?

Bugun O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligining rasmiy saytida «Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida qisqa muddatli kuchli yomg‘ir yog‘ib o‘tdi» nomli xabar e’lon qilindi.

Xabarda aytilishicha, «2018-yil 15-may kuni Samarqand viloyatining Nurobod tumani, Qashqadaryo viloyatining Kitob tumani va Surxondaryo viloyatining Dehqonobod tumanlarida qisqa muddatli kuchli yomg‘ir yog‘ib o‘tdi». Bizni ajablantirgan jihati, shu vaqtga qadar Qashqadaryo viloyati tasarrufida bo‘lgan, Surxondaryoga chegaradosh Dehqonobod tumani qo‘shni viloyat tasarrufida etib ko‘rsatilgan.

IIV vazirligi saytidan skrinshot

Ro‘yxatda Surxondaryo viloyatining boshqa tumani yo‘q ekani bu texnik xato emasligini ko‘rsatadi.

Aytish kerakki, Dehqonobod tumani uzoq yillar ilgari ma’lum muddat haqiqatdan ham Surxondaryo viloyati tasarrufida bo‘lgan. Ammo bugungi kunda ushbu tuman Qashqadaryo viloyati hududi hisoblanadi va Surxondaryo tarkibiga kiritilgani haqida norasmiy-rasmiy xabar berilgani yo‘q.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring