Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Diniy tashkilotlarning adliya organlariga taqdim etadigan hisobot shakli tasdiqlandi

Diniy tashkilotlarning adliya organlariga taqdim etadigan hisobot shakli tasdiqlandi

O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining buyrug‘i bilan Diniy tashkilotlar tomonidan adliya organlariga taqdim etiladigan hisobot shakli tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanalida xabar berildi. 

Hisobot shakli jami ma’lumotlar kiritilishi lozim bo‘lgan 25 ta ustunlar yig‘indisidan iborat.

Hisobotda diniy tashkilotning rekvizitlari, rahbar xodimlar haqidagi, diniy tashkilot a’zo bo‘lgan xalqaro, chet el va mahalliy tashkilotlar bo‘yicha ma’lumotlar hamda hisobot davrida tayyorlangan bosma, audiovizual va boshqa materiallar bo‘yicha ma’lumotlar aks ettirilishi lozim.

Shuningdek, hisobotda diniy tashkilot faoliyatida vujudga kelgan muammolar hamda uning faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha asoslantirilgan takliflar ham qayd etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring