Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Diplomatik protokol qoidalari: prezidentlarni kim qanday kutib olishi kerak?

Diplomatik protokol qoidalari: prezidentlarni kim qanday kutib olishi kerak?

Afg‘oniston Prezidenti Ashraf G‘ani Toshkentda

Foto: «president.uz»

Dunyo bo‘ylab turli mamlakat prezidentlari ko‘plab yurtlarga davlat va rasmiy tashriflar bilan safar uyushtiradilar. Xo‘sh, ularni qanday rasmiy shaxslar va qay yo‘sinda kutib olishadi? Quyida shu haqda suhbatlashamiz.

1961 yil 18 aprelda Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan «Diplomatik munosabatlar bo‘yicha Vena konvensiyasi» qabul qilingan. Ushbu hujjatda xorijiy davlat rahbarlarining diplomatik munosabatlari qanday tartibda bo‘lishi belgilangan. Davlatlarning bir-biriga nisbatan diplomatik aloqalari mazkur konvensiya asosida tartibga solingan.

Xorijiy safarga otlangan mamlakat prezidentlarini har bir davlat turlicha kutib oladi. Ya’ni, bunda o‘sha yurtning an’analari va urf-odatlari hisobga olinadi. Qolaversa, o‘sha davlatda bo‘lib o‘tayotgan muhim siyosiy jarayon ham davlat rahbarini kim kutib olishini belgilashi mumkin. Biz ayrim mamlakatlarga to‘xtalib o‘tamiz.

Davlat yoki rasmiy tashrif bilan kelgan prezidentni kutib olishda, albatta, faxriy qorovul saf tortishi deyarli barcha mamlakatda kuzatiladi. Masalan, o‘zining ko‘hna an’analari bilan tanilgan Buyuk Britaniyani olaylik. Oliy martabali mehmon aeroportda emas, London markazidagi bosh qarorgohda kutib olinadi. Bundan tashqari, xavfsizlik uchun Gvardiya kavaleriyasi va otliq artilleriya xizmatga tashlanadi.

O‘ziga xos o‘lkalardan biri — Hindistonda ham ajoyib odatlar mavjud. Jumladan, avvallari ushbu yurtga tashrif buyurgan prezidentni fil mingan askarlar kutib olishgan, fillar tiz cho‘kib, mehmonga peshvoz chiqqan. Hozir bu an’ana yo‘qolib ketgan, chamasi.

Faxriy qorovul nomlari ham turli davlatda har xil. Italiyada karabinerlar, Fransiyada jandarmeriya, Xitoyda mudofaa vazirligi bo‘linmalari, Yaponiyada esa faxriy qorovulning o‘zi yo‘q. Mehmon sharafiga zambarak yoki miltiqdan o‘t ochish hollari ushbu an’analardan kelib chiqib, amalga oshiriladi.

Amerika Qo‘shma Shtatlarida istarali va xushchaqchaq insonlarni yoqtirishadi, hurmat qilishadi. Qo‘l berib ko‘rishishda iloji boricha uzoqroq qisish kerak bo‘ladi. Davlat rahbarlariga nisbatan ham mazkur iltifot qo‘l kelishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring