Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

DXX Afg‘onistonda yetimlikda qolib ketgan bolalarni O‘zbekistonga qaytardi

DXX Afg‘onistonda yetimlikda qolib ketgan bolalarni O‘zbekistonga qaytardi

Davlat xavfsizlik xizmati Pokiston va Afg‘onistonda halok bo‘lgan ekstremistik g‘oya ta’siridagi oilaning yetim qolgan bolalarini O‘zbekistonga qaytardi. Bu haqda O‘zA yozmoqda.

Andijonda 1982-yil tug‘ilgan Farhod Hamroqulov ishlash uchun Rossiya Federatsiyasiga ketadi. Keyinroq u turmush o‘rtog‘i Ra’no Hamroqulova (1984-y.t.) va 3 nafar farzandini o‘z oldiga chaqirib oladi. Rossiyada ekstremistik g‘oyalar ta’siriga tushib qolgan Farhod Hamroqulov Ozarboyjon va Eron orqali Pokistonga boradi va «Turkiston islom harakati»ga qo‘shiladi.

2012-yilning avgust oyida Farhod Hamroqulov Pokiston hukumati qo‘shinlarining terrorchilarga qarshi o‘tkazgan harbiy amaliyoti natijasida halok bo‘ladi.

Uning o‘limidan so‘ng 3 nafar farzandi bilan beva qolgan Ra’no Hamroqulova 2013-yilda boshqa bir jangari bilan nikoh quradi. 2014-yilning kuzlarida ular Afg‘onistonga ko‘chib o‘tishadi va qizi Rayyona tug‘iladi. Ammo, 2018-yil Ra’no Hamroqulova sargardonlikda orttirgan og‘ir xastalikdan vafot etadi.

2018-yilning avgust oyida DXX ota-onasiz qolgan bolalarning 2 nafari — Osiyoxon (2009-y.t) va Rayyonalar (201-y.t) O‘zbekistonga olib kelib, bobosi va buvisi qaramog‘iga topshirgan.

May oyida Ra’no Hamroqulovaning onasi qolgan ikki nafar nabirasini ham qaytarish borasida DXXdan yordam so‘ragan. Kuni kecha Bibioysha (2003-y.t) va Sherzodbeklar (2005-y.t) ham yaqin qarindoshlari bag‘riga qaytarildi.

«Endi bu bolalar mamlakatimizda yashayotgan tengqurlari qatori zamonaviy maktablarda ta’lim olib, kelajakda vatan koriga yaraydigan shaxslar bo‘lib ulg‘ayadilar», – deyiladi xabarda.

30-may kuni O‘zbekistonning 156 nafar fuqarosi, asosan ayollar va bolalar Suriyadan Toshkent shahriga olib kelingan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring