Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

YeChLga qur’a tashlanadi: nima, qachon, qanday tartibda? (tahlil)

YeChLga qur’a tashlanadi: nima, qachon, qanday tartibda? (tahlil)

Yevropa chempionlar ligasi guruh bosqichiga bugun qur’a tashlanadi. 26 jamoa guruh bosqichi yo‘llanmasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 6 jamoa saralash bosqichi orqali ushbu yo‘llanmaga ega chiqdi. Tahlilchi Olimxo‘ja Bo‘ronov qur’a bo‘yicha muhim ma’lumotlarni taqdim etdi.

Qachon va qayerda?

Qur’a marosimi 31 avgust kuni Toshkent vaqti bilan 21:00da boshlanadi. Tadbir Monakodagi «Grimaldi Forum» saroyida o‘tkaziladi. «Sport» kanali marosimni jonli efirda namoyish etadi.

Guruh bosqichi ishtirokchilari:

Angliya: «Arsenal», «Manchester Siti», »Manchester Yunayted», «Nyukasl»

Ispaniya: «Atletiko», «Barselona», «Real», »Real Sosedad», «Sevilya»

Italiya: »Inter», «Latsio», «Milan», «Napoli»

Germaniya: «Bavariya», «Borussiya» Dortmund, «Leypsig», «Union»

Fransiya: »Lans», «Pari Sen-Jermen»

Portugaliya: «Benfika», «Braga», «Portu»

Niderlandiya: «Feyenoord», PSV

Avstriya: «Zalsburg»

Shotlandiya: «Seltik»

Serbiya: «Srvena Zvezda»

Ukraina: «Shaxtyor»

Belgiya: «Antverpen»

Shveysariya: «Yang Boyz»

Daniya: «Kopengagen»

Turkiya: «Galatasaroy»

Qur’adan avval 32 jamoa 4 savatchaga quyidagicha bo‘linadi:

1-savat:

«Manchester Siti» (Angliya)

«Sevilya» (Ispaniya)

«Barselona» (Ispaniya)

«Napoli» (Italiya)

«Bavariya» (Germaniya)

«PSJ» (Fransiya)

«Benfika» (Portugaliya)

«Feyenord» (Niderlandiya)

2-savat:

«Real Madrid» (Ispaniya)

«Manchester Yunayted» (Angliya)

«Inter» (Italiya)

«Borussiya Dortmund» (Germaniya)

«Atletiko» (Ispaniya)

«Leypsig» (Germaniya)

«Portu» (Portugaliya)

«Arsenal» (Angliya)

3-savat

«Shaxtyor» (Ukraina)

«RB Zalsburg» (Avstriya)

«Milan» (Italiya)

«Braga» (Portugaliya)

«PSV Eyndxoven» (Niderlandiya)

«Latsio» (Italiya)

«Red Star Belgrad»

«Kopengagen» (Daniya)

4-savat:

«Yang Boyz» (Shveysariya)

«Real Sosedad» (Ispaniya)

«Galatasaroy» (Turkiya)

«Seltik» (Shotlandiya)

«Nyukasl Yunayted» (Angliya)

«Union Berlin» (Germaniya)

«Antverpen» (Belgiya)

«Lans» (Fransiya)

Qur’a tartibi

Bir savatchadan o‘rin olgan jamoalar bir guruhdan o‘rin olishmaydi. Shuningdek, bir mamlakat jamoalari bir guruhga tushmaydi. Agar boshqa cheklovlar mavjud bo‘lsa, bu haqda qur’a oldidan e’lon qilinadi.

Keyin-chi?

Qur’adan so‘ng guruh bosqichi taqvimi ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Jamoalar o‘zaro uy-safar tizimidan ikki martadan to‘qnash kelishadi. Dastlabki ikki jamoa YeChL pley-off bosqichiga yo‘l oladi. Uchinchi o‘rin egalari esa o‘z ishtirokini Yevropa ligasi turnirida davom ettiladi. To‘rtinchi pog‘onada qolgan jamoalari uchun yevrokuboklar mavsumi yakuniga yetadi. Guruhdagi o‘rinlarni aniqlashda, agar ochkolar teng kelib qolsa, o‘zaro o‘yinlar natijalariga qaraladi.

Guruh bosqichi o‘yinlari quyidagi sanalarda o‘tkaziladi:

1-tur: 19/20 sentyabr

2-tur: 3/4 oktyabr

3-tur: 24/25 oktyabr

4-tur: 7/8 noyabr

5-tur: 28/29 noyabr

6-tur: 12/13 dekabr

Marosimda topshiriladigan sovrinlar

Qur’a marosimida, shuningdek, mavsum-2022/2023ning eng yaxshi erkak futbolchisi, ayol futbolchisi, erkaklar futbolidagi eng yaxshi murabbiyi va ayollar futbolidagi eng yaxshi murabbiyi sovrinlari o‘z egalariga topshiriladi.

UYeFA prezidenti Aleksander Cheferin maxsus sovrinni Miroslav Klozega taqdim etadi.

Final

Chempionlar ligasining joriy mavsum final Londondagi «Uembli» stadionida 1 iyun kuni bo‘lib o‘tadi. Ushbu arena yevrokuboklar finalini eng ko‘p qabul qilgan stadion hisoblanadi — 7 marta.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring