Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Elektronika haqida afsonalar. Ularga ishonishni bas qilish vaqti keldi

Elektronika haqida afsonalar. Ularga ishonishni bas qilish vaqti keldi

Foto: «Digital Trends»

Telefonni kechasi quvvatlantirish mumkin emas, megapikseli katta bo‘lsa — demak kamerasi zo‘r! Bunaqa farazlarni ko‘p eshitgansiz-a? Haqiqatanam shundaymi? «365info.kz» nashri shu savollarga aniqlik kiritdi.

«Mac» kompyuterlari viruslardan himoyalangan

Aha, «Macbook» kompyuterlari o‘ziga xos, viruslar unga zarar yetkaza olmaydi... qandaydir parallel reallikda shundaydir, lekin bizning olamda emas. «Apple» uzoq 2012 yildayoq o‘zining bu marketing «kozeri»dan mahrum bo‘lgan va «Mac»ga ham viruslar yuqayotganini afsus bilan tan olgan.

Inkognito — demak, anonim

Yo‘q. «Inkognito» rejimi anonimlik taqdim etmaydi. Shunchaki brauzer kompyuteringizda tarixni yozmaydi, kiritilgan parollar va boshqa ma’lumotlarni saqlamaydi, xolos.

Tunggi quvvatlash — yomon

Smartfonlarni butun tunga quvvatlashga qo‘yish uning batareyasi umrini bir necha oyga qisqartirish degani...mi? Litiy-ionli akkumulyatorlar quvvatlash maksimumiga yetganida uni to‘xtatish darajasida aqlli. Shuning uchun xotirjam uxlashingiz mumkin.

Kattaroq pikselli smartfon kerak!

Telefon kamerasidan foydalanib, professional fotograf bo‘lishga urinish qanchalik kulguli bo‘lsa, kamerada megapiksel qancha katta bo‘lsa, shuncha yaxshi degan qarashlar ham shunday kulguli.

Datchikning yorug‘likni qanchalik ko‘p qabul qila olishi — mana, fotoning sifatiga nima ta’sir qiladi.

Katta hajm darhol ko‘rinadi

Yaqinda yirik bir kompaniya displey hajmi 2560 ga 1440 pikselli to‘rt yadroli smartfon taqdim etdi. Ko‘pchilik bunday «tiniqlik mo‘’jizasi»ni xarid qilishga oshiqdi, qolganlar esa shunchaki kulib qo‘ya qolishdi. Aslida bir kvadrat dyuymda 300dan ortiq piksel zichligidan ortig‘ini inson ko‘zi hech qanaqasiga farqlay olmaydi. Shu sababli hozir hajm o‘rniga hamma ekran yorug‘ligi va kontrastini takomillashtirishga urinyapti.

«iPhone»ni «iPad» kabeli bilan quvvatlantirish — xato

«Apple» rasman ta’kidlaydiki, «iPad» uchun mo‘ljallangan 12-vattli adapter shu markadagi smartfonlarni quvvatlantirish uchun mos keladi. Mustaqil tadqiqotchilar esa, bu «iPhone»ni batareyalarini zo‘riqtirishi mumkin deb hisoblaydi.

To‘g‘ri, buni sezish uchun bir yil davomida doimiy ravishda «noto‘g‘ri» quvvatlantirish talab qilinadi. Bu afsona to‘g‘rimi-yo‘qmi, buncha vaqt ichida aniqlashdan ko‘ra, smartfonni yo‘qotib qo‘yish ehtimoli ko‘proq.

«Uxlovchi» rejim  — bu me’yor

To‘lqonli uxlovchi tartib faqatgina insonda bo‘lishi mumkin, uyquda odam haqiqatda dam oladi. Kompyuter esa bu rejimda ishlashda davom etadi. «Uxlovchi» rejimdan noutbukni ishga tushirish tezroq. Lekin uni kechasi o‘chirib qo‘yish mumkinku! Qurilmani yaqin orada almashtirishni niyat qilmagan bo‘lsangiz, albatta.

To‘liq quvvatsizlanishi kerak

Telefon quvvati haqida keng tarqalgan afsonalardan yana biri — uni zaryadga ulashdan avval u to‘liq quvvatsizlanishi kerak. Aksincha, buning g‘irt teskarisi. Chunki akkumulyatorlar cheklangan qayta quvvatlanish sikliga ega.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring