«Energosavdo» xodimi pora bilan qo‘lga olindi
Jizzax shahrida elektr tarmog‘iga noqonuniy ulanganlik holatini rasmiylashtirmaslikni va’da qilgan muhandis ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jizzax viloyati boshqarma xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
«Energosavdo» filiali Jizzax shahar bo‘limi xodimi E.M. S.M. oilaviy korxonasining ishlab chiqarish sexida elektr tarmog‘iga noqonuniy ulanganligi holati bo‘yicha dalolatnoma rasmiylashtirmaslik evaziga korxona rahbaridan 10 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter