Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Elon Maskka dunyodagi eng katta maosh tayinlandi

Elon Maskka dunyodagi eng katta maosh tayinlandi

Foto: «Euronews»

«Tesla» direktorlari kengashi yig‘ilishida kompaniya rahbari Elon Maskka rekord darajadagi maosh tayinlandi. Bu haqda «Live.ru» xabar berdi.

Kompaniya aksionerlari Elon Maskning yillik maoshini $2,6 mlrd.gacha ko‘tarishga ovoz berishdi. Bu rekord darajadagi maosh hisoblanadi — dunyodagi hech bir kompaniya rahbari buncha ishlab topmaydi.

Maosh hajmi to‘g‘ridan-to‘g‘ri kompaniya kapitalizatsiyasi bilan bog‘liq — kompaniya qancha qimmatlashgani sari uning rahbari maoshi ham oshib boradi.

Ammo bu holatning bir g‘aroyib tomoni bor. Elon Maskka 10 yil davomida bir sent ham berilmaydi. Maoshining to‘liq hammasini u 10 yildan keyingina ololadi.

Shunday qilib, «Tesla» kompaniyasi rahbari 2028-yilga borib 26 mlrd. dollarlik chekni qo‘liga oladi. Kompaniya muvaffaqiyatiga qarab, bonus  $50 mlrd.ga yetishi ham mumkin.

Mask bu pullarni olishi uchun bir nechta muhim vazifalarni bajarishi lozim: «Tesla» avtomobillarini hamyonbop qilish, sotuvini oshirish, insonni Marsga jo‘natish, energetika bozorini qo‘lga olish va «Starlink» global yo‘ldoshli internetni ishga tushirish.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring