Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Erdo‘g‘on Buyuk Britaniya qirolichasi bilan uchrashdi

Erdo‘g‘on Buyuk Britaniya qirolichasi bilan uchrashdi

Foto:«Denizhaber.com»

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Bukingem saroyida qirolicha Yelizaveta II bilan uchrashdi. Bu haqda «Sabah» xabar bermoqda.

Uchrashuv 40 daqiqa davom etdi.

Uch kunlik rasmiy tashrif bilan Londonga borgan Erdo‘g‘on Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey bilan ham uchrashdi. Uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlarning bugungi ahvoli va istiqboli muhokama qilindi. Shu bilan birga, mintaqaviy va xalqaro muammolar bo‘yicha fikr almashildi.

Terrorizmga qarshi kurashishda ikki davlat hamkorligini yanada mustahkamlashga kelishib olindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring