Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Telegram» va «VKontakte» «qora ro‘yxat»ga kiritildi

«Telegram» va «VKontakte» «qora ro‘yxat»ga kiritildi

Foto: «Ferra.ru»

Yevrokomissiya qaroqchilikka sharoit yaratib, ortidan daromad olishi mumkin bo‘lgan resurslarning yangi ro‘yxatini e’lon qildi. RBK yozishicha, ushbu ro‘yxatga ilk marotaba «Telegram» messenjeri hamda «VKontakte» ijtimoiy tarmog‘i kiritildi.

Ro‘yxat bir qator huquq egalarining hisobotlari asosida shakllantiriladi. Xususan, «Telegram» foydalanuvchilari, ommaviy kanallardan ham foydalangan holda «kontentni noqonuniy ayirboshlash» (musiqa, kitoblar, filmlar, teledasturlar, yangilik va xabarlar kabilar) bilan shug‘ullanishyapti. Bundan tashqari, obunachilar qaroqchilik kontenti mavjud saytlarga havolalarni ham o‘zaro baham ko‘rishmoqda, deyiladi Yevrokomissiya xulosasida.

«VKontakte»ga ham deyarli shu yo‘sindagi ayblovlar qo‘yilgan.

Kutilmaganda o‘zlarini «qora ro‘yxat»da ko‘rgan «Telegram» hamda «VKontakte» vakillari e’tirozlarini bildirishni boshlashdi. Masalan, «Telegram» o‘z platformasida har qanday zararli kontentga toqat qilmasligini va ularni 24 soat davomida o‘chirib tashlayotganini ma’lum qilgan. «VKontakte» ham qaroqchilikka kurashdan chetda turmaganini, huquq egalarining har qancha e’tirozlari bo‘lsa, elektron shaklda qabul qilishini bildirgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring