Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yevropa ittifoqining asosiy muammosi ma’lum qilindi

Yevropa ittifoqining asosiy muammosi ma’lum qilindi

Foto:«Pixabay.com»

Estoniya aholisi o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, immigratsiya Yevropa ittifoqining eng asosiy muammosidir. Bu haqda «Aif.ru» xabar bermoqda.

«Eurobarometr» xizmatining o‘tkazgan ijtimoiy so‘rovlariga ko‘ra, Estoniya aholisining 62 foizi immigratsiyani Yevropaning asosiy muammosi deb hisoblaydi.  Butun ittifoq bo‘yicha esa 38 foiz aholi xuddi shunday fikrda.

Bundan tashqari 35 foiz estoniyaliklar terrorizmni ham katta muammo deya ma’lum qilganlar.

Shuningdek, immigratsiya asosiy muammo ekanligini Chexiya (58 foiz), Vengriya (56 foiz), Malta (55 foiz), Daniya (54 foiz) aholisi ham qayd etgan.  

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring