Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Egey dengizida bir hafta ichida 400 dan ortiq noqonuniy muhojir qutqarildi

Egey dengizida bir hafta ichida 400 dan ortiq noqonuniy muhojir qutqarildi

Turkiyaning xalqaro noqonuniy migratsiya va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan gumanitar fojeaga qarshi kurashi to‘xtovsiz davom etmoqda.

Xususan Egey va O‘rta yer dengizida Yevropa va ayniqsa, Gretsiya tomonidan e’tibordan chetda qolgan va hatto turli aralashuvlar bilan hayotiy muammoga aylangan immigratsiya muammosiga qarshi Turkiyaning insonparvarlik yordami va kurashi uzluksiz davom etmoqda.

Turkiya Respublikasi IIV Sohil xavfsizlik qo‘mondonligidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, faqat 1-iyul holatiga Turkiya hududiga qarab suzgan rezina qayiqlarda Chanoqqal’a qirg‘oqlarida 37, Izmirda 11 nafar, 2-iyul holatiga ko‘ra, Chanoqqal’a qirg‘oqlarida yana 84, oxirgi haftaga qarasak, 25-iyunda 14, 26-iyunda 99,  27-iyunda 48, 28-iyun kuni esa 57 nafar noqonuniy muhojirlar qutqarilgan.

Shunga ko‘ra, birgina o‘tgan haftaning o‘zida Egey dengizida Turkiya Sohil xavfsizlik xizmati tomonidan 400 dan ortiq noqonuniy muhojir qutqarildi.

Egey dengizida 1-yanvardan 31-maygacha yunon kuchlari tomonidan Turkiya hududiy suvlariga qaytarilgan 8 678 noqonuniy muhojir quruqlikka chiqarildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring