Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yevropada terrorchilik hujumi ko‘paygani ma’lum qilindi

Yevropada terrorchilik hujumi ko‘paygani ma’lum qilindi

«Yevropol» (Yevropa politsiyasi) tashkiloti o‘z hisobotida Yevropa davlatlarida avvalgi yillarga nisbatan terrorchilik xurujlari ortganini ma’lum qildi. Bu  haqda «Anado‘lu» axborot agentligi xabar bermoqda.

Tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, 2017-yilda Yevropa ittifoqi davlatlarida 205 ta terrorchilik xuruji kuzatilgan bo‘lib, buning oqibatida 68 kishi halok bo‘lgan, 844 kishi yaralangan.

Angliyada 107 ta, Fransiyada 54 ta, Ispaniyada 16 ta, Italiyada 14 ta, Gretsiyada 8 ta, Germaniya va Belgiyada ikkitadan, Finlandiyada va Shvetsiyada bittadan terrorchilik xuruji sodir bo‘lgan.

2017 yilda terrorchilikda gumonlanib 975 kishi qo‘lga olingan, ularning 438 nafari 20-25 yashar yigitlardir. Fransiyada 411 nafar, Angliyada 168, Ispaniyada 91, Germaniyada 58, Belgiyada 50, Avstriyada 48, Italiyada 39, Hollandiyada 35, Daniyada 17, Gretsiyada 15, Bolgariyada 14, Irlandiyada 11, Finlandiyada 9, Vengriya, Polsha va Ruminiyada ikki nafardan, Chexiya va Portugaliyadan  bir nafardan kishi terrorchilikda shubhalanib, hibsga olingan.

«Yevropol»  hisobotida: «Terrorizm butun dunyo xalqlari uchun katta xavfdir. Shu bois barcha birday shu baloga qarshi kurashishi kerak», – deyiladi.

Yevropa davlatlarida sodir bo‘lgan terrorchilik xurujlarining 16 foizi IShID, 12 foizi so‘l guruhlar, 2 foizi radikal tashkilotlar va 3 foizi noma’lum shaxslar tomonidan amalga oshirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring