Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Farg‘ona viloyati hokimiga ikkita yangi o‘rinbosar tayinlandi

Farg‘ona viloyati hokimiga ikkita yangi o‘rinbosar tayinlandi

Kecha, 14-iyun kuni Xalq deputatlari Farg‘ona viloyat kengashining navbatdan tashqari 32-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda viloyat axborot xizmati xabar berdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi Umar Ismoilov ishtirok etdilar. Yig‘ilishni kengash raisi, viloyat hokimi Shuhrat G‘aniyev olib bordi.

Sessiya kun tartibida davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 12-13-iyun kunlari Farg‘ona viloyatiga tashrifi davomida viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha belgilab bergan vazifalar va viloyat faollari bilan o‘tkazilgan yig‘ilish davomida berilgan topshiriqlar, tashkiliy hamda boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.

Sessiya qaroriga ko‘ra, Farg‘ona viloyat hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Qo‘chqorov Sadriddin Burxonovich o‘rniga Ortiqov Akmalxon Jo‘raxonovich hamda qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Tursunov Alibek Ma’murjonovich o‘rniga Teshayev Shuhrat Jo‘raqulovich tayinlangani bir ovozdan ma’qullandi.

Sessiya yakunida deputatlar hamda yangi tayinlangan o‘rinbosarlar so‘zga chiqib, o‘zlariga bildirilgan ishonchni oqlash va zimmalariga yuklatilgan vazifalarni mas’uliyat bilan bajarishga va’da berdilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring