Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Fazliddin G‘oibnazarov bugun ringga ko‘tariladi

Fazliddin G‘oibnazarov bugun ringga ko‘tariladi

Foto: «Xabar.uz»

Boks bo‘yicha Olimpiada chempioni, o‘tgan yildan professional boksda omadini sinayotgan hamyurtimiz Fazliddin G‘oibnazarov bugun o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi.

Fazliddinning professional ringdagi 5-jangi AQShning Nyu-Orlean shahrida o‘tkaziladi. «Lakefront» boks arenasida kechadigan jangda hamyurtimiz AQShlik Kevin Jonsonga qarshi bahs olib boradi.

E’tiborlisi, har ikki bokschi ham hozirgacha o‘zlarining professional faoliyatida biror marta ham mag‘lub bo‘lishmagan. Fazliddin G‘oibnazarov o‘zining 2ta jangini nokaut bilan yakunlagan bo‘lsa, Jonson hisobida 4ta nokaut bor.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring