Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

FIFA «JCh – 2018»da 6,1 milliard dollar ishlab oladi

FIFA «JCh – 2018»da 6,1 milliard dollar ishlab oladi

Foto: «emigrados.ru»

Xalqaro futbol federatsiyasi – FIFA 2018-yilgi jahon chempionatidan rekord darajada, ya’ni 6,1 milliard AQSh dollari miqdorida mablag‘ ishlab olar ekan. Bu haqda «Gazeta.ru» xabar bermoqda.

«The New York Times» nashri ma’lumotlariga ko‘ra homiylik shartnomalari hamda teletranslyasiya huquqini sotishning o‘zidan FIFA 6,1 milliard dollar foyda ko‘rar ekan.

2014-yili Braziliyada o‘tkazilgan jahon chempionatida FIFA 4,8 milliard dollar ishlab topgan. Bu ko‘rsatkich bu yil o‘tkaziladigan jahon chempionati summasidan 1,3 milliard dollar kam.

Foydaning bunday o‘sishida Xitoy kompaniyalarining homiylik hissasi katta ekani aytilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring