Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Fransiya o‘z tarixida uchinchi bor jahon chempionati finaliga chiqdi

Fransiya o‘z tarixida uchinchi bor jahon chempionati finaliga chiqdi

Fransiya terma jamoasi jahon chempionatining birinchi finalchisiga aylandi.

Dide Desham jamoasi yarim finalda Belgiyani kichik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi. Yagona gol 51-daqiqada himoyachi Samyuel Umtiti tomonidan kiritildi.

Fransiya o‘z tarixida uchinchi bor jahon chempionati finaliga chiqdi. 1998-yilda finalda Braziliyani mag‘lub etgan bo‘lsa, 2006-yilda Italiyaga mag‘lub bo‘lgan edi.

Fransiya terma jamoasining JCh-2018 finalidagi raqib kim bo‘lishi bugun ma’lum bo‘ladi Xorvatiya – Angliya uchrashuvi Moskvadagi «Lujniki» stadionida o‘tkaziladi.

Fransiya – Belgiya 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 51 Umtiti.
Fransiya – Loris, Pavar, Varan, Umtiti, Lyuka Ernandes, Kante, Pogba, Mbappe, Grizmann, Matyuidi (Tolisso, 86), Jiru (Nzonzi, 85).
Belgiya – Kurtua, Shadli (Batshuayi, 90), Alderveyreld, Kompani, Vertongen, Vitsel, Dembele (Mertens, 60), de Bryuyne, Fellayni (Ferreyra Karrasko, 80), Azar, Lukaku.
Ogohlantirish: Azar (63), Alderveyreld (71), Kante (87), Mbappe (90), Vertongen (90).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring