Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Futzal, OCh–2018. O‘zbekiston termasi bugun Iroqqa qarshi o‘ynaydi

Futzal, OCh–2018. O‘zbekiston termasi bugun Iroqqa qarshi o‘ynaydi

Futzal bo‘yicha Osiyo chempionati yakuniy pallaga yetib keldi. Bugun musobaqaning g‘olib va sovrindorlari aniqlanadi.

O‘zbekiston terma jamoasi uchinchi o‘rin uchun bahsda Iroq futzalchilari bilan to‘qnash keladi. Eron esa Yaponiya bilan chempionlik masalasini hal qiladi. Har ikki bellashuv Xinzhuang Gymnasium sport majmuasida o‘tkaziladi.

Nominal mezbon sifatida maydonga tushadigan Iroq termasi oq liboslarda, O‘zbekiston terma jamoasi esa ko‘k formalarda harakat qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Iroq – O‘zbekiston uchrashuvi bugun, 11 fevral kuni Toshkent vaqti bilan 13:00 da start oladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring