Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

FVVda hozircha vertolyot yo‘q, kerak bo‘lsa, Mudofaa vazirligidan olib turishadi

FVVda hozircha vertolyot yo‘q, kerak bo‘lsa, Mudofaa vazirligidan olib turishadi

Sputnik

Bugun, 16-iyul kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Favqulodda vaziyatlar vazirligi mutasaddilari ishtirokida jurnalistlar bilan intervyu bo‘lib o‘tdi.

Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi, uning hududiy va tarkibiy tuzilmalari Ichki ishlar vazirligidan Favqulodda vaziyatlar vazirligiga o‘tkazilgani uchun endi FVV yong‘in xavfsizligini ta’minlashda vakolatli organ bo‘lib qoldi.

FVV vakillariga ko‘ra, Nukus, Qarshi, Samarqand, Farg‘ona shaharlarida yirik ko‘lamli favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga mo‘ljallangan hududiy yong‘in qutqaruv otryadlari tuziladi.

OAV vakillari tog‘li hududlarda tezkor yordam zarurati tug‘ilganda yoki katta hajmli maydonlarda yong‘in kelib chiqqanda voqea joyiga yetib borish uchun foydalaniladigan texnikalar xususida savol berdi.

Mutasaddilar ayni vaqtda Favqulodda vaziyatlar vazirligi tasarrufida vertolyot mavjud emasligini bildirdi.

“Vertolyot kerak bo‘lganda Mudofaa vazirligidan olib turamiz, bunda biz yoqilg‘i bilan bog‘liq xarajatlarni qoplab beramiz”, — dedi Favqulodda vaziyatlar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i Shuhrat Dadaxonov.

Vazirlik vakilining so‘zlariga ko‘ra, FVVni vertolyot bilan ta’minlash masalasi o‘z yechimini topadi.

“Favqulodda vaziyatlar vazirligiga vertolyot ajratish va vertolyotlardan foydalanish bo‘yicha qaror loyihasi tayyorlangan, — dedi Yong‘in xavfsizlik bosh boshqarmasi boshlig‘i Sanjar Zufarov. — Bu masala hatto davlat dasturiga ham kiritilgan. Rejaga muvofiq 2020 yilda bizning tizimga ham vertolyot berilishi mumkin”.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring