Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Gonkonglik maktab o‘quvchilari O‘zMUga tashrif buyurishdi

Gonkonglik maktab o‘quvchilari O‘zMUga tashrif buyurishdi

Foto: O‘zMU axborot xizmati

2018 yil 26 noyabr kuni “Bir makon bir yo‘l” dasturi doirasida Gonkongning Chiu Chow Association Secondary School o‘quvchi yoshlari o‘qituvchisi Leung Fung Yee boshchiligida O‘zbekistonda ta’lim sohasida olib borilayotgan o‘zgarishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida O‘zbekiston Milliy universitetining iqtisodiyot fakultetiga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida mehmonlarga universitet tarixi, fakultetlar, iqtisodiyot fakulteti tarixi, ta’lim yo‘nalishlari  bo‘yicha ma’lumotlar berildi. Bundan tashqari Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti diqqatga sazovor joylari, muzeylari va labarotoriyalari, talabalar uchun yaratilgan qulayliklar bilan yaqindan tanishtirildi. Gonkongdan tashrif buyurgan maktab bitiruvchilari O‘zbekiston Milliy universitetiga kelib o‘qish uchun qiziqishlari borligini bildirishdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring