Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Google» uch o‘lchamli makonda tasvirni chiza oladigan yangi mobil dastur yaratdi

«Google» uch o‘lchamli makonda tasvirni chiza oladigan yangi mobil dastur yaratdi

Фото: «ITC.ua»

So‘nggi vaqtlarda «Google» virtual reallik hamda qo‘shimcha reallik yo‘nalishidagi izlanishlarini faol tarzda rivojlantirmoqda. «Google» bu borada virtual reallikka ega yangi dasturni — «Just a Line»ni taqdim etdi. Uni hozirning o‘zida «Google Play» do‘konidan ko‘chirib olish mumkin, deb xabar berdi «ITC.ua».

Biroq, mazkur dastur «APCore» platformasini qo‘llab-quvvatlaydigan smartfonlardagina ishlaydi.

Ushbu dastur uch o‘lchamli virtual makonda tasvirlar chizish imkoniyatiga ega «Tilt Brush» dasturiga asoslangan. «Tilt Brush»ning ishlashi uchun smartfonlarda «VR» bo‘lishi lozim  edi. Yangi «Just a Line» esa — bu suratlar chizish dasturi. Umuman olganda, dastur nomlarni aytib turadi va uch o‘lchamli makonga chizishda yordam beradi.

Ma’lumot uchun aytish mumkinki, shu haftaning o‘zida «Google Play» do‘koniga qo‘shimcha reallikka oid platformalar asosida yaratilgan 60 dan ortiq yangi dasturlar joylangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring