Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Guliston shahriga yangi hokim tayinlandi

Guliston shahriga yangi hokim tayinlandi

Foto: «sirdaryo.uz»

Joriy yilning 9-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov Sirdaryo viloyatiga tashrif buyurdi. Sirdaryo viloyati hokimligi axborot xizmati xabar qilishicha, tashrif davomida bosh vazir raisligida viloyat markazi Guliston shahrida Xalq deputatlari shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazildi. Sessiyada tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.

«Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining 2, 6, 25-moddalariga muvofiq viloyat hokimi qaroriga asosan, Guliston shahri hokimi Sherzod Shuhratullayevich Ismatullayev o‘rniga To‘lqinjon To‘lanovich Dadabayev Guliston shahar hokimi vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi.

T.Dadabayev 1965-yil Namangan viloyati, Uchqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. Bugungi kunga qadar «Toshshahartransxizmat» aksiyadorlik jamiyatining kapital qurilish xizmati boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring