Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Haydovchisiz boshqariladigan «Waymo» avtomobili avariyaga uchradi (video)

Haydovchisiz boshqariladigan «Waymo» avtomobili avariyaga uchradi (video)

Foto: «ITC.ua»

«Waymo» kompaniyasiga tegishli avtonom boshqariladigan avtomobil Arizona shtatidagi Chandler shahrida yo‘l transport hodisasiga uchradi, deb xabar beradi «ITC.ua».

YTH sodir bo‘lgan voqea joyidan olingan suratlarga ko‘ra, «Waymo» minivenining old chap g‘ildiragi va bamperiga shikast yetgan. Ikkinchi avtomobilning esa motor bo‘linmasi pachoqlangan. Xabarlarga ko‘ra, avtomobil ichidagi odamlar yengil tan jarohatlari olishgan.

Chandler politsiyasining hisobotida qayd etilishicha, noxush hodisa vaqtida «Waymo» avtomobili avtonom rejimda ishlayotgan bo‘lgan. Dastlabki taxminlarga ko‘ra, avariyani boshqa avtomobil keltirib chiqargan.

Tasvirga olingan videodan ko‘rish mumkinki, «Honda» avtomobili bulvar bo‘ylab sharq tomonga harakatlanyotganida Los Felis Drayv ko‘chasi bo‘ylab shimol tomon ketayotgan avtomobil bilan to‘qnashmaslik uchun keskin yo‘nalishni o‘zgartirgan. Shundan so‘ng «Honda» transport vositasi «Waymo» miniveniga kelib urilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring