Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Igor Sergeyev faoliyatini BAAda davom ettirishga yaqin

Igor Sergeyev faoliyatini BAAda davom ettirishga yaqin

Igor Sergeyev

«Sputnik»

«Paxtakor» klubi hujumchisi Igor Sergeyev faoliyatini BAAda davom ettirishi mumkin. Bu haqda «Sports.uz» xabar tarqatgan.

Xabar qilinishicha, «Paxtakor» futbol klubi bosh direktori Dmitriy Aleksandrovich Adisman kecha tashkil etilgan yangi yil bazmida ma’lum qilgan. Unga ko‘ra, Sergeyev Abu Dabining «Al Dafra» jamoasi bilan shartnoma imzolaydi.

Foto: «Sports.uz»

Transfer tafsilotlari haqida hozircha hech qanday ma’lumot yo‘q. Klub rasmiy saytida ham bu borada biron xabar berilmagan.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda «Bunyodkor»ning sobiq futbolchisi Otabek Shukurov ham BAAga ko‘chib o‘tgan, u «Sharja» bilan shartnoma imzolagan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring