Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘tkir Hoshimovning mashhur kitoblaridan biri — «Ikki karra ikki — besh» qayta chop etildi

O‘tkir Hoshimovning mashhur kitoblaridan biri — «Ikki karra ikki — besh» qayta chop etildi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston xalq yozuvchisi, elimizning sevimli adibi O‘tkir Hoshimovning «Ikki karra ikki — besh» nomli kitobi nashrdan chiqdi. Ushbu to‘plamdan shu nomdagi hajviy qissa, hikoyalar va hangomalar o‘rin olgan.

Kitobni mutolaa qilish asnosida ko‘nglingiz yayrab, kayfiyatingiz chog‘ bo‘ladi. Qahramonlarning qismati o‘quvchini kuldirib qolmay, chuqur o‘yga toldiradi. Ayniqsa, «Ikki karra ikki — besh» qissasidagi oddiy mehnatkash yigit Qo‘shoqvoy taqdiri orqali hayotning pastu balandliklari mohirona ochib beriladi. To‘plamdagi boshqa hangomalar ham bir-biridan maroqli.

Ushbu kitob marhum adibni sog‘ingan adabiyot ixlosmandlari uchun «Yangi kitob» nashriyotining munosib sovg‘asidir.

Eslatib o‘tamiz, 2017-yil 13-sentyabrda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida»gi qarorni imzolagan edi. Hujjatda ma’naviy hayotimizni yuksaltirishda ulkan ahamiyatga ega bo‘lgan kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini takomillashtirish, o‘zbek va dunyo adabiyotining eng yaxshi namunalarini internet tarmoqlariga joylashtirish va ularni targ‘ib qilish hamda keng kitobxonlar ommasiga yetkazish ishlarini samarali tashkil etish maqsadida qator chora-tadbirlar belgilab berilgan, jumladan, kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlangan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring