Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ikki kishini Kanadaga yubormoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi

Ikki kishini Kanadaga yubormoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi

Samarqandda 24 ming AQSh dollari evaziga ikki kishini Kanada davlatiga yubormoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB axborot sayti xabar bermoqda.

DXX Samarqand viloyati boshqarmasi hamda viloyat IIB tezkor xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan navbatdagi tadbir davomida, 1974 yilda Toyloq tumanida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan, hozirda Samarqand shahrida yashovchi fuqaro J.Sh. o‘zining yaqin aloqadagi hamtovog‘i bilan jinoiy til biriktirib, mahalliy fuqaroning ishonchiga kirgan holda u va uning qarindoshini Kanada davlatiga yuborishni va’da qilgan hamda ushbu «xizmatlari» evaziga har bir fuqaro uchun 12 ming AQSh dollaridan jami 24 ming AQSh dollari  miqdorida pul talab qilgan.

J.Sh. ushbu so‘ralgan puldan 4 ming AQSh dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalilllar bilan qo‘lga olingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring