Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Indoneziyadagi tabiiy ofat qurbonlari soni 1558 kishiga yetdi

Indoneziyadagi tabiiy ofat qurbonlari soni 1558 kishiga yetdi

Foto: «AA.com»

Indoneziyada sodir bo‘lgan zilzila va uning ortidan yopirilgan sunami qurbonlari soni 1558 kishiga yetdi, deya xabar beradi «Anado‘lu» axborot agentligi.

Yer silkinishi va sunami oqibatida 2549 kishi jabr ko‘rgani hamda yuzdan ortiq kishining bedarak yo‘qolgani aytilmoqda. 

61867 kishi chodirlardan boshpana topgan, 2 mingdan ziyod maktab binolarining talofot ko‘rishi tufayli o‘quvchilar uchun vaqtinchalik sinflar tashkil qilingan.

17500 oroldan iborat Indoneziyada 3,8 million kishi sunami, 148 million 400 ming kishi esa zilzila xavfi yuqori hududlarda yashar ekan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring