Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Italiyalik sanitar avtobus o‘rindiqlariga shprits ignalarini joylashtirdi

Italiyalik sanitar avtobus o‘rindiqlariga shprits ignalarini joylashtirdi

Foto: RIA Novosti / Aleksey Malgavko

Italiyada ishxonadan shprits ignalarini olib ketib, ularni avtobus o‘rindiqlariga joylashtirgan Rim shifoxonasi xodimi bilan bog‘liq tergov ishlari boshlandi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, dekabr oyida shahar tashqarisidagi marshrutlarning biridan yo‘lovchilar ogohlantiruvchi xabarlar jo‘natishgan. Har bir holatda yo‘lovchilar o‘rindig‘iga yaxshilab yashiringan tibbiyot ignalari topilgan.

Kameradagi yozuvlarni tahlil qilish natijasida bu ish Rimda joylashgan shifoxonalardan biridagi 58 yoshli sanitar tomonidan amalga oshirilgani ma’lum bo‘ldi.

Uning uyi va ishxonasida o‘tkazilgan qidiruvda hozirda infeksion tekshiruvga yuborilgan ko‘p miqdordagi shprits ignalari topilgan. Erkak hozir ozodlikda. U o‘z xatti-harakatlarini izohlay olmadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring