Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jaloliddin Rahimov yana «UZINFOCOM»ga rahbar bo‘ldi

Jaloliddin Rahimov yana «UZINFOCOM»ga rahbar bo‘ldi

Foto: «facebook.com/djalolatdin»

Jaloliddin Rahimov Davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator — «UZINFOCOM» MChJga bosh direktor etib tayinlandi. Bu haqda «Xabar.uz» manbasi xabar berdi.

Jaloliddin Rahimov avval ham uzoq muddat «UZINFOCOM» markazini boshqargan. U 2005—2012-yillarda markaz direktori bo‘lgan. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-avgustdagi «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy loyiha boshqaruvi agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining «UZINFOCOM» kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazi negizida davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator tashkil qilingan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring