Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jalolov, Baturov, Ahmadaliyev va Tasmuradovga navbatdagi harbiy unvon berildi

Jalolov, Baturov, Ahmadaliyev va Tasmuradovga navbatdagi harbiy unvon berildi

Foto: Milliy gvardiya

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonligi tomonidan Rossiya Federatsiyasining Yekaterinburg shahrida o‘tkazilgan boks bo‘yicha jahon chempionatida munosib ishtirok etib O‘zbekiston terma jamoasining umumjamoa hisobida g‘oliblikni qo‘lga kiritishida o‘zining beqiyos hissasini qo‘shgan bokschilar O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchilari Bahodir Jalolov va Bobo-Usmon Baturovlar hamda bir qator xalqaro musobaqalar g‘olibi Murodjon Axmadaliyev va Qozog‘iston Respublikasining Nur-sulton shahrida bo‘lib o‘tgan yunon-rum kurashi bo‘yicha jahon saralash musobaqasida «Tokio-2020» olimpiadasi yo‘llanmasiga ega bo‘lgan Elmurat Tasmuradovlarga navbatdagi harbiy unvon hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Shuningdek, bokschilarni tayyorlashda jonbozlik ko‘rsatib kelayotgan murabbiy Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazi katta o‘qituvchisi Elshod Rasulov ham Milliy gvardiya qo‘mondonining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring