Jaziramani yengib: bugunning haqiqiy qahramonlari
Ertalab uyingizda choy qo‘yish uchun gaz plitasini yoqasiz. Bu oddiy holdek tuyuladi. Ammo tabiiy gaz o‘z-o‘zidan yer qa’ridan chiqib, xonadonlarga yetib kelmaydi.
Buning ortida yillab davom etadigan geologik izlanishlar, minglab metr chuqurlikka burg‘ilangan quduqlar va eng muhimi, cho‘lning 50 darajali jaziramasida ham, qahraton qishda ham bir lahza to‘xtamay mehnat qilayotgan minglab neft-gazchilarning fidoyiligi mujassam. Ular 24 soatlik navbatlarda ishlab, har kuni yurtimizning energetik barqarorligi uchun o‘z hissasini qo‘shadi.
Ushbu reportaj ana shu insonlar haqida. Unda Ustyurtning chekka konlarida mehnat qilayotgan ishchilarning hayoti, gaz quduqlarini ta’mirlash va ishga tushirish jarayonlari, zamonaviy texnologiyalar hamda ularning og‘ir mehnati orqali erishilayotgan natijalar haqida hikoya qilinadi.
Mana shunday jazirama kunlarda xonadonlarimizga yetib kelayotgan har bir kub metr gaz ortida turgan insonlar mehnatini qadrlashni joiz deb bildim.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter