Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jizzax shahriga yangi hokim tayinlandi

Jizzax shahriga yangi hokim tayinlandi

«O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyatining birinchi o‘rinbosari Shukurov Akbar Safarovich boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi.

«Xabar.uz» manbasining xabariga ko‘ra, u Jizzax shahriga hokim etib tayinlangan. A.Shukurov bundan oldin ham hokimlik vazifasida ishlagan. U birinchi o‘rinbosar bo‘lishidan oldin Samarqand shahar hokimi edi.

«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ raisining birinchi o‘rinbosari etib shu vaqtga qadar rais maslahatchisi lavozimida ishlab kelgan Sa’dullayev Fazliddin Fatxullayevich tayinlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring