Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jomboyda YTH: yuk mashinasi ag‘anadi, «Matiz» pastlikka tushib ketdi

Jomboyda YTH: yuk mashinasi ag‘anadi, «Matiz» pastlikka tushib ketdi

14 aprel kuni Samarqand viloyati, Jomboy tumani hududidan o‘tgan yo‘lda haydovchi S.N. tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan piyodaga yo‘l berib to‘xtagan.

Shu vaqtda bir yo‘nalishda ortidan harakatlanib kelgan haydovchi, 2002 yilda tug‘ilgan R.Yu. o‘z boshqaruvidagi yuk avtomobilini to‘xtatishga ulgurmasdan «Matiz» avtomobilining orqa tomoniga to‘qnashib boshqaruvni yo‘qotgan va yuk avtomobili ag‘darilgan. «Matiz» avtomobili o‘ng tomon pastlikka tushib ketgan.

YTH natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q.

Ushbu YTH yuzasidan Jomboy tumani IIB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring