Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kim Chen In birinchi marta Janubiy Koreya rahbari bilan uchrashuvi haqida gapirdi

Kim Chen In birinchi marta Janubiy Koreya rahbari bilan uchrashuvi haqida gapirdi

Foto: RIA Novosti / Ilya Pitalev

Bugun, 10-aprel kuni KXDR yetakchisi Kim Chen In Koreya mehnat partiyasi yig‘ilishida AQSh va Janubiy Koreya prezidentlari bilan uchrashishi haqida xabar bergan. Bu haqda «RIA Novosti» ma’lum qildi.

Kim Chen Inning Janubiy Koreya rahbari bilan muzokaralari demilitarizatsiyalashgan hudud —Pxanmundjomdagi «Tinchlik uyi»da bo‘lib o‘tadi.

Ikki koreys davlati munosabatlarining iliqlashuvi Shimoliy Koreya terma jamoasining Pxenchxonda o‘tkazilgan olimpiya o‘yinlaridagi ishtirokidan so‘ng kuzatildi. Shundan so‘ng Janubiy Koreya delegatsiyasi shimolliklar bilan uchrashuvda Kim Chen In va AQSh prezidenti Donald Tramp o‘rtasida uchrashuv tashkil  etish taklifini olishga ham erishdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring