Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Koreya Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Toshkent shahridagi Inha universitetida ma’ruza qildi

Koreya Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Toshkent shahridagi Inha universitetida ma’ruza qildi

Koreya Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, Stategiya va moliya vaziri janob Kim Dong Yon Toshkent shahridagi Inha universitetida ma’ruza qilmoqda.

Foto: Toshkent shahridagi Inha universiteti axborot xizmati

2018-yilning 12-fevral kuni Koreya Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, Stategiya va moliya vaziri janob Kim Dong Yon boshchiligidagi Koreya delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida yuqori martabali mehmon Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT)ga bordi. Bu haqda «Xabar.uz»ga universitet axborot xizmati xabar berdi.

Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Sarvar Babaxodjayev Koreya Respublikasi delegatsiyasiga universitet faoliyati to‘g‘risida batafsil ma’lumot berdi.

Oliy ta’lim muassasasi faoliyati bilan yaqindan tanishgach, yuqori martabali mehmon poytaxtimizdagi 8 ta nufuzli universitet talabalariga ma’ruza o‘qidi. Ma’ruza davomida u o‘z hayoti haqida so‘zlab berdi. Jumladan, Jahon bankidagi faoliyati, Prezidentning iqtisodiy masalalar bo‘yicha kotibi bo‘lib ishlagan vaqti, shuningdek, Adju universiteti rektori sifatidagi faoliyatlari to‘g‘risida gapirib berdi.

Bosh vazir o‘rinbosari ma’ruza chog‘ida Koreyadagi iqtisodiy vaziyatga ham alohida e’tibor qaratdi, shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikning asosiy yo‘nalishlarini tilga olib o‘tdi.

Koreya Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, Stategiya va moliya vaziri janob Kim Dong Yon IUTning mehmonlar kitobiga esdalik sifatida O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi 1500 yillik do‘stlik aloqalarini mustahkamlashda o‘z hissasini qo‘shayotgan Toshkent shahridagi Inha universiteti faoliyatiga omadlar tiladi.

Foto: Toshkent shahridagi Inha universiteti axborot xizmati
Foto: Toshkent shahridagi Inha universiteti axborot xizmati
Foto: Toshkent shahridagi Inha universiteti axborot xizmati
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring