Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kutish jonga tegdi. «Tesla Model 3» xaridorlarining 23 foizi shartnomadan voz kechdi

Kutish jonga tegdi. «Tesla Model 3» xaridorlarining 23 foizi shartnomadan voz kechdi

Foto: «NV.ua»

«Tesla» kompaniyasi «Model 3» elektromobili uchun oldindan yuz minglab buyurtma olgan, biroq mijozlarning 23 foizi o‘z pullarini qaytarishni talab qilmoqda, deb xabar berdi «NV.ua».

«Second Measure» moliyaviy tahliliy kompaniyasining ma’lumotlarga ko‘ra, depozitlarni qaytarish foizlari so‘nggi oylarda oshmoqda.

Ta’kidlanishicha, bu kompaniya uchun jiddiy muammo tug‘dirishi mumkin, chunki «Tesla» mablag‘larining uchdan bir qismi mijozlar depozitidan iborat, jumladan, pullarning asosiy qismi «Model 3» elektromobilini xarid qilish uchun qo‘yilgan. «Tesla» ayni vaqtda «Model 3»ga yangi depozitlarni rasmiylashtirishdan ko‘ra, tezroq pullarni qaytarib berish bilan shug‘ullanmoqda.

Shu bilan birga, «Tesla» vakilining so‘zlariga qaraganda, «Second Measure» ma’lumotlari kompaniyaning ichki ko‘rsatkichlariga mos qilmaydi. «Second Measure» tahlilchilarining ta’kidlashicha, 2017-yilning avgust oyidan boshlab 12 foiz depozitlar qaytarilgan.

«1000 dollar boshlang‘ich to‘lovni amalga oshirishdan oldin o‘ylab ko‘rgandim: men «Tesla»ga foizsiz kredit berayotgandim va keyinchalik «Model 3»ni xarid qilish yoki qilmaslik huquqiga ega edim. Ammo belgilangan muddat yaqinlashayotgani sayin shu paytgacha ko‘rmagan avtomobilim uchun 50 ming dollar berish qiyin kechmoqda», — deb yozadi mijozlardan biri.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring