Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Leninning jasadini o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan erkak qo‘lga olindi

Leninning jasadini o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan erkak qo‘lga olindi

Foto: DW.

Moskva Qizil maydonidagi maqbaradan kommunistlarning sobiq yetakchisi Vladimir Leninning jasadini o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi.

Hodisa haqida TASS agentligi manbasi ma’lumotni tasdiqlagan.

OAVning xabar berishicha, voqea 6-fevralga o‘tar kechasi yarim tunda sodir bo‘lgan.

Politsiya e’tiborini maqbara yonida ketayotgan erkakka qaratdi, erkak binoga yaqinlashib, eshikni ochishga urindi. Uni to‘xtatishgach, u Leninning jasadini o‘g‘irlamoqchi ekanligini tan oldi.

«Hodisa 6-fevralga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan. Erkak Vladimir Leninning jasadi joylashgan maqbarani ochib, uni o‘g‘irlamoqchi bo‘lganida qo‘lga olingan. Qo‘lga olingan shaxs mast holatda bo‘lganligi aniqlandi», — dedi TASS suhbatdoshi bo‘lgan manba.

Eslatib o‘tamiz, 1924-yilda vafot etgan Leninning jasadi o‘limidan so‘ng mumiyolanib, ushbu maqbaraga qo‘yilgandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring