Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Majburiy ijro byurosi Rossiya federal xizmati bilan hamkorlik qiladi

Majburiy ijro byurosi Rossiya federal xizmati bilan hamkorlik qiladi

Foto: «Xabar.uz»

Kecha, 9-aprel kuni O‘zbekistonning taklifiga binoan Rossiya Federatsiyasi Sud pristavlari Federal xizmati (SPFX) direktori Dmitriy Aristov boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosida Dmitriy Aristov rahbarligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Rossiya Federatsiyasining SPFX delegatsiyasi Bosh prokuratura va Axborot-tahlil multimedia markazi, shuningdek, Majburiy ijro byurosiga ham bordi va faoliyati bilan tanishdi.

Foto: «Xabar.uz»

Tashrif doirasida Bosh prokuraturada Federal xizmat va Byuro rahbarlari o‘rtasida rasmiy muzokaralar o‘tkazildi.

Rossiyaning SPFX va Byuro o‘rtasida kelgusida ikki tomonlama anglashuv va hamkorlik qilishning huquqiy asosi hisoblanuvchi Memorandum imzolandi. Memorandumda ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlashni nazarda tutuvchi, ma’lumot va tajriba almashish, hamkorlikdagi tadbirlarni o‘tkazib borish, shuningdek, sud qarorlarining majburiy ijro qilish masalalari yuzasidan bevosita maslahatlashuvlarni o‘rnatish nazarda tutilgan.

Axborot-tahlil multimedia markazida Byuro organlari faoliyati va uning «E-IJRO AUKSION» yagona elektron savdo maydonchasiga bag‘ishlangan taqdimot bo‘lib o‘tdi.

Rossiya delegatsiyasiga O‘zbekiston Respublikasining majburiy ijro tizimidagi amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma’lumot berildi. Byuroda ijro hujjatlari yuzasidan qarzdorliklarni undirish masalalari bo‘yicha yagona idoralararo elektron hamkorlik tizimi, shuningdek, Toshkent viloyatida eksperiment tariqasida joriy etilgan davlat aktivlarini elektron savdo maydonchasi orqali ijaraga berish mexanizmlari va yaratilayotgan boshqa yangiliklar alohida qiziqish tug‘dirdi.

Foto: «Xabar.uz»

Bundan tashqari, shu kuni Rossiya Federatsiyasi sud pristavlari Federal xizmati (Rossiya Federal xizmati) tashrifi doirasida Bosh prokuratura Oliy o‘quv kurslarida «O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasida majburiy ijro mexanizmlarini takomillashtirish masalalari» mavzusida o‘quv-seminar ham tashkil etildi.

Tadbirda davlat ijrochilari, Byuroning markaziy apparati, Toshkent shahar hamda Toshkent viloyati boshqarmalarining bo‘lim boshliqlari va xodimlari, Byuroning hududiy tuman (shahar) bo‘limlari boshliqlari tinglovchilari, oliy o‘quv kurslarining professor va o‘qituvchilari, shuningdek ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Imzolangan qo‘shma Memorandum doirasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi hamda Rossiya Federal xizmati o‘rtasida ikki tomonlama o‘zaro yaqin munosabatlar yo‘lga qo‘yilishi ko‘zda tutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring