Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Makron Yevropa Ittifoqi sammitini tark etishga majbur bo‘ldi

Makron Yevropa Ittifoqi sammitini tark etishga majbur bo‘ldi

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Yevropa Ittifoqining Bryusseldagi sammiti yakunlari bo‘yicha matbuot anjumanini bekor qildi va yig‘ilishni tark etdi, deb yozadi BFMTV.

U Parijda hukumatning favqulodda majlisiga raislik qiladi. Unda politsiya tomonidan otib o‘ldirilgan 17 yoshli bolaning o‘limi sabab mamlakat bo‘ylab davom etayotgan tartibsizliklar muhokama qilinadi.

Bosh vazir Elizabet Born mamlakatda favqulodda holat joriy etilishini istisno etmay, Vazirlar Mahkamasi barcha takliflarni ko‘rib chiqishini qayd etdi. U tartibsizliklarni «kechirilmas» deb atadi.

Fransiyada Noil ismli arab millatiga mansub 17 yoshli yigitning Parijda politsiya tomonidan otib o‘ldirilishi munosabati bilan uch kundan buyon tartibsizliklar davom etmoqda.

Tarmoqlarda tarqalgan videotasvirda ikki politsiyachining biri to‘xtab turgan mashinaning haydovchiga qurol o‘qtalib: «Sening boshingga o‘q tegadi», deydi va mashina harakatlana boshlaganida o‘q ovozi eshitiladi.

«Prokuratura o‘q uzgan politsiyachi tomonidan qurol qo‘llash bo‘yicha majburiyatlar bajarilmagan, deb hisoblaydi», — dedi Nanter prokuraturasi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring