Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Maktab direktorlarini saylash tizimi joriy etiladimi?

Maktab direktorlarini saylash tizimi joriy etiladimi?

Foto: ziyonet.uz

Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov ishtirokida press-brifing tashkil etilgani haqida xabar bergan edik.

Tadbirda ishtirok etgan «Xabar.uz» muxbiri ijtimoiy tarmoqlarda maktablarda direktorlarni saylash tizimi joriy etilishi kerakligi haqida ko‘pdan buyon muhokamalar davom etib kelayotganiga e’tibor qaratib, bu masalada qandaydir yangilik bo‘lishi ehtimoli bilan qiziqdi. Mazkur savolga Sherzod Shermatov quyidagicha javob qaytardi:

«Biz hozirgi kunda hamma takliflarni ham, dunyo tajribasini ham o‘rganyapmiz. Masalan, eng yaxshi maktab kimdir Finlandiyada, kimdir Singapurda deydi. Barcha tajribalarni o‘rganyapmiz. Bu sohada o‘rganish olib borgan xorij kompaniyalarining tajribalarini ham o‘rganyapmiz. Lekin hozir aynan qanday tarzda bo‘lishiga aniq javob yo‘q. «Bugundan maktab direktorlari saylanadi» deya olmayman.

Ta’lim tizimida katta eksperiment qilishdan oldin yaxshilab o‘ylab ko‘rishimiz kerak. Chunki bu bir necha avlodga ta’sir qiladi. Oddiy misol: ko‘pchilik ota-onalar farzandini rus maktabiga beradi. Lekin bir necha yil oldin Nizomiy nomidagi pedagogika universitetida rus tili o‘qituvchilari uchun kvotalar tugatilgan ekan. Buning natijasida bugun maktabda rus tili o‘qituvchilari yetishmaydi.

Demoqchimanki, katta o‘zgarish qilishdan oldin kelajakdagi ta’sirini yaxshilab tahlil qilib chiqish kerak. Bunda shoshma-shosharlik bilan qaror qabul qilish mumkin emas. Buning ustida mutaxassislar ishlashi kerak. Odamlarga yoqar ekan deb shoshish yaramaydi».

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring