Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Maktab o‘quvchisi bosqinchilik qildi va bir ayolni pichoqladi

Maktab o‘quvchisi bosqinchilik qildi va bir ayolni pichoqladi

Foto: «RBK»

Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanida 22-dekabr kuni Darxon MFYda yashovchi, o‘rta maktabning yuqori sinf o‘quvchisi S.A. yuziga niqob kiygan holda pichoq bilan qurollanib, fuqaro N.A. (ayol)ning uyiga bostirib kirgan.

IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, o‘quvchi ayolning kurak qismiga pichoq urib, unga jarohat yetkazib, 294.000 so‘m puli va hisobida puli bo‘lmagan bank plastik kartochkasini olib voqea joyidan yashiringan.

Natijada N.A. kasalxonaga yotqizilgan. Ko‘rilgan choralar natijasida S.A. ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring