Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Maktablarda metallolom yig‘ilmasligi haqiqatmi?

Maktablarda metallolom yig‘ilmasligi haqiqatmi?

Maktab o‘quvchilari endi metallolom tashimaydi.

Foto: «Farzand.uz»

2018-yil 1-yanvardan joylardagi davlat hokimiyati organlari tomonidan tibbiyot va ta’lim muassasalariga qora metall chiqindilari hamda lom tayyorlash va topshirish bo‘yicha vazifalar belgilash taqiqlandi. Mazkur norma O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-dekabrda imzolangan «2018-yilda metallolom tayyorlash, qora metall prokatini ishlab chiqish va iste’mol qilish to‘g‘risida»gi qarorida belgilangan.

Shuningdek, qarorda 2018-yildan boshlab korxonalarning bankrotlik, tugatilish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish davrida hisobdan chiqarilayotgan ma’naviy eskirgan uskuna va metall konstruksiyalari lom va qora metallarning chiqiti sifatida shartnoma asosida «O‘zmetkombinat» AJga erkin (shartnoma) narxlarida majburiy topshirilishi belgilangan.

2019-yilning 1-yanvarigacha metallurgiya sohasida qora prokat ishlab chiqarish uchun xom ashyo olib kiruvchi xo‘jalik sub’yektlari bojxona soliqlaridan ozod qilinishi belgilandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring