Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Malika» bozorida qoldirilgan shubhali sumka IIBB maxsus bo‘linmasi tomonidan tekshirildi

«Malika» bozorida qoldirilgan shubhali sumka IIBB maxsus bo‘linmasi tomonidan tekshirildi

Foto: Toshkent shahar IIBB

Internet tarmog‘ida Shayxontohur tumanida shubhali paket topilgan bo‘lib, uning ichidagi narsa insonlar uchun xavfli ekanligi haqida ma’lumot tarqamoqda. Mazkur fakt bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qilamiz, deyiladi Toshkent shahar IIBB xabarida.

Qayd etilishicha, 2021-yil 17-mart kuni soat 14.40 da Toshkent shahar IIBB xodimlariga Shayxontohur tumani Kichik xalqa avtomobil yo‘lida joylashgan «Malika» savdo kompleksi hududida do‘konlardan birining yonida noma’lum shaxs tomonidan qora rangli sport sumkasi qoldirilgani haqida xabar kelib tushgan.

Ichki ishlar organlari, xususan O‘zbekiston Respublikasi IIV maxsus bo‘linmasi xodimlari jamoat xavfsizligini ta’minlash maqsadida hududni chegaralab sumkani ko‘rikdan o‘tkazishdi.

Ma’lum qilinishicha, sumka ichida qonunga xilof va inson hayoti uchun xavfli bo‘lgan hech narsa topilmagan.

Ko‘rilgan tezkor tadbirlar davomida sumka Yunusobod tumanidagi qurilish ob’yektida yollanma ishchi bo‘lib ishlovchi 18 yoshli J.K. tomonidan unutib qoldirilgani aniqlangan. Suhbat davomida u savdo kompleksi hududiga telefonini tuzatish uchun kelganini, sumkani esa do‘kon oldida og‘ir bo‘lgani uchun qo‘yganini, bu kimnidir qo‘rqitadi deb o‘ylamaganligini aytgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring