Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ma’muriy sudlar 36 nafar mansabdorga nisbatan jazo qo‘lladi

Ma’muriy sudlar 36 nafar mansabdorga nisbatan jazo qo‘lladi

Foto: «legalex.com.ua»

Joriy yilning birinchi choragida ma’muriy sudlar tomonidan ko‘rib chiqilgan ishlar yuzasidan axborot berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi matbuot xizmati  xabariga ko‘ra, 2019-yilning o‘tgan uch oyida davomida ma’muriy sudlar tomonidan ommaviy-huquqiy munosabatlarga 5 584 ta ish ko‘rib chiqilgan. Buning natijasida 4 635 ta fuqaro va yuridik shaxslarning huquqlari tiklanib, 36 ta mansabdor shaxsga nisbatan intizomiy jazo qo‘llanilgani aytiladi.

Shuningdek,  Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksida ko‘zda tutilgan huquqbuzarliklar bo‘yicha 98 268 nafar shaxsga nisbatan 83 460 ta ish ko‘rib chiqildi. Jumladan, 73 394 nafar shaxsga nisbatan jarima, maxsus huquqdan mahrum etish, ma’muriy qamoq va O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqarib yuborish kabi ma’muriy jazolar qo‘llanildi.

Ma’muriy sudlar tomonidan 89 044 ta ish, ya’ni barcha ishlarning 57 foizdan ortig‘i sayyor sud majlislarida ko‘rib chiqilgani, ta’kidlanadi axborotda.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan nazorat tartibida 725 ta shikoyat va protestlar ko‘rib chiqilgan. Shundan 110 tasi ish materiallari asosida o‘rganilib, quyi sudlar tomonidan chiqarilgan 64 ta qaror bekor qilingan, 11 ta sud qarori esa  o‘zgartirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring