Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Manchester Yunayted» bosh murabbiylikka nomzodlar ro‘yxatini tuzdi

«Manchester Yunayted» bosh murabbiylikka nomzodlar ro‘yxatini tuzdi

Foto: «Sportbox»

Yevropa Chempionlar ligasida Madridning «Atletiko»siga mag‘lubiyatga uchraganidan so‘ng (0:1), Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi rahbariyati bosh murabbiylikka nomzodlar ro‘yxatini tuzdi.

Besh kishi

Tomas Tuxel «Chelsi» xo‘jayini Roman Abramovichga sanksiyalar qo‘llanilishi oqibatida jamoadan ketishi ehtimoldan xoli emas. Bu manchesterliklar uchun ayni muddao... Ko‘pdan beri nomi tilga olinayotgan Erik ten Xag («Ayaks») ham kechagi mag‘lubiyatdan so‘ng, nihoyat, balki omadini «MYu»da sinab ko‘rar — inglizlarning umidi hozircha so‘nmagan. 

Qolganlar janubliklar: yozda «PSJ»dan ketadigan «omadsiz» Maurisio Pochettino, bir necha yildan beri «Sevilya»ni ko‘tarishga halak Xulen Lopetegi hamda «indamas» Luis Enrike (Ispaniya terma jamoasi).

Luis Enrike masalasi qiyinroq. U kuzda Ispaniya terma jamoasini shaxsan jahon chempionatiga (Qatar-2022) olib bormoqchi, «MYu»ga esa jamoani yangi mavsumga tayyorlaydigan mutaxassis kerak.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring