Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Markaziy bank plastik kartalardan majburiy pul yechib olinishiga qarshi

Markaziy bank plastik kartalardan majburiy pul yechib olinishiga qarshi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy banki boshqaruvining «Soliq qarzini jismoniy shaxslarning bank plastik kartalaridan so‘zsiz undirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida»gi qarori loyihasi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirilgandi.

Soliq qo‘mitasiga qarzdorlar plastik kartalaridan qarzlarni majburiy yechib olish imkoniyatini berish haqidagi nizomga Markaziy bank o‘z e’tirozini bildirdi.

Markaziy bank plastik kartalardagi pul majburiy yechib olinishi haqidagi qaror muhokama portaliga qo‘yilishidan oldinroq Soliq qo‘mitasiga bu bo‘yicha o‘z e’tirozlarini bildirgan.

MBga ko‘ra, qonuniy va shaffof mexanizm yo‘qligi sababli, bunday amaliyot bir qator qonunlarga zid bo‘lishi mumkin. Qarorning boshqa qonun hujjatlariga, xususan, Fuqarolik kodeksi normalariga muvofiqligini ta’minlash lozim.

«Qanday ezgu maqsad ko‘zlangan bo‘lishidan qat’i nazar, idoraviy manfaatlar boshqa tarmoqlar yoki butun mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishiga salbiy ta’sir yetkazmasligi zarur. Markaziy bank, o‘z navbatida, taklif etilayotgan o‘zgartirishlarga bank siri va bank tizimiga bo‘lgan to‘laqonli ishonchni saqlab qolish zarurligiga alohida e’tibor qaratadi», deyiladi Markaziy bank xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring