Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Masjidlarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun davlat boji keskin kamaytirildi

Masjidlarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun davlat boji keskin kamaytirildi

Foto: «Xabar.uz»

Hukumatning 2018-yil 31-maydagi qarori bilan O‘zbekiston Respublikasida diniy tashkilotlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish va tugatish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlangani haqida xabar bergan edik.

Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali ma’lum qilishicha, diniy tashkilotni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun to‘lanadigan davlat bojlari kamaytirildi.

Endilikda, diniy tashkilotlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun:

  • diniy tashkilotlarning markaziy boshqaruv organlari va diniy ta’lim muassasalari uchun — eng kam oylik ish haqining yigirma baravari;
  • boshqa diniy tashkilotlar uchun — eng kam oylik ish haqining o‘n baravari miqdorida davlat boji undiriladi.

Ilgari bu miqdor diniy tashkilotlarning markaziy boshqaruv organlari va diniy ta’lim muassasalari uchun eng kam oylik ish haqining 100 baravarini, boshqa diniy tashkilotlar uchun esa 50 baravarini tashkil etgan.

Ushbu sohadagi yana bir yangiliklardan biri diniy tashkilot rahbarlari diniy ma’lumotni xorijiy davlatda olgan bo‘lsa diniy tashkilotni ro‘yxatdan o‘tkazishda uning nostrifikatsiyalanganligi haqidagi hujjatni ham taqdim etishi lozim. Ilgari bu narsa nazarda tutilmagan edi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring